AQSHning Erondan keyingi nishoni Rossiya bo‘ladi

AQSHning Erondan keyingi nishoni Rossiya bo‘ladi
  • 0
  • 12.03.2026 15:41:00
  • 1 daq o'qish

Rossiya Kommunistik partiyasi raisi Gennadiy Zyuganov Davlat dumasi yig‘ilishida hozirgi urush AQSHning  kengroq strategiyasining bir qismi ekanini va kelajakda Rossiyaga ham tahdid solishini aytdi. “Omon qolish uchun kurashga kelsak, hozir Eron jang qilmoqda. Keyingisi biz bo‘lamiz. Trampning strategiyasiga qarang: birinchi o‘rinda Xitoy, ikkinchi o‘rinda biz, uchinchi o‘rinda Eron”, dedi Zyuganov. Shuningdek, Zyuganov o‘z nutqida AQSH siyosatini ‘‘tajovuzkor va zo‘ravonlik’’ deb ta’riflab, uning Fors ko‘rfazidagi hujumlarini qoraladi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra,  jangovar harakatlar suvni chuchuklashtirish qurilmalari va infratuzilmalarning shikastlanishi tufayli suv va oziq ovqat bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqargan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News