
- 3
- 25.03.2026 15:01:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarda aholini tezkor ogohlantirish tizimi doirasida masjidlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Maxsus uskunalar o‘rnatilgan masjidlar orqali FVV xabarlari tashqi ovoz kuchaytirgichlar yordamida aholiga yetkaziladi.
Hozirgacha Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjid ushbu tizimga ulangan. Loyiha orqali taxminan 6,5 million aholini qamrab olish rejalashtirilgan.
Ushbu usul mobil aloqa yoki elektr uzilishlari vaqtida ham ogohlantirish berish imkonini yaratadi.