
- 1
- 28.10.2026 10:29:00
- 1 daq o'qish
Qirğizistonda 7 ta viloyat va 40 ta tuman örniga yirikroq aymoqlar — okruglar taşkil etiladi. Davlat xizmati va mahalliy özini özi boşqariş işlari böyiça davlat agentligi direktori Elçibek Jantayevning taʼkidlaşiça, yangi tizimda tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kiçikroq hududiy birliklar joriy etiladi. Dastlabki rejaga köra, mamlakatda 40 ta tuman örniga 20 dan ortiq aymoq böladi.
Yangi maʼmuriy birliklarni şakllantirişda hududlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlaniş imkoniyatlari inobatga olinadi. Jumladan, Issiqköl viloyatini şimoliy va janubiy qismlarga ajratiş, Jalolobod va Öş viloyatlarida esa ayrim tumanlarni birlaştiriş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.
Islohotning birinçi bosqiçi 2023-yilda boşlangan. Unda ayrim tumanlar çegaralari özgartirilib, bir qator aholi punktlari şaharlar tarkibiga kiritilgan. 2026-yil aprel oyida prezident Sadir Japarov yangi tizimni mamlakat böylab joriy etişdan oldin tajriba tariqasida bitta aymoq taşkil etiş rejalaştirilayotganini maʼlum qilgan edi. Uning faoliyati bir neça yil davomida kuzatilib, mustaqil boşqaruv va respublika budjeti dotatsiyalariga boğliqlik darajasi baholanadi.
Agar tajriba muvaffaqiyatli deb topilsa, viloyat va tumanlarni tugatib, mamlakatni aymoqlar tizimi asosida boşqarişga ötiş rejalaştirilgan.