
- 0
- 28.10.2026 11:04:00
- 1 daq o'qish
AQŞning Florida ştatida Nevada ismli 3 yoşli bolaning futbolni boşqalardan ança yaxşi öynaşi mojaro keltirib çiqardi. U 5 yoşli bolalar bilan öynab, raqiblariga töpni deyarli bermagani sababli ayrim ota-onalar norozilik bildirgan.
Bolaning ota-onasi fikriça, öğli boşqalardan ança yaxşi öynagani sababli öyindan çetlatilgan. Ularning aytişiça, ayrim ota-onalar bundan norozi bölgan.
Biroq liga vakili boşqa sababni keltirgan: uning ta’kidlaşiça, bola maydonda boşqa öyinçilarni turtgan, ota-onasi esa vaziyat yuzasidan tortişuv çiqargan. Mojaro ortidan liga vakili politsiyaga qönğiroq qilgan. Huquq-tartibot xodimlari kelganida, tomonlar öz versiyalarini bayon qilgan.
Politsiya ma’lumotiga köra, heç kim hibsga olinmagan va oilani majburan maydondan çiqarişmagan. Liga esa hodisani örganayotganini bildirgan.
Voqea aks etgan videolar internetda keng tarqalib, bolalar sportida iste’dod va öyin qoidalari masalasi yuzasidan bahslarni keltirib çiqardi.
#casia #news #Nevada