Toşkentda ösmirlar yarim tunda xonadonlar qönğiroğini çalib, aholini bezovta qildi

Toşkentda ösmirlar yarim tunda xonadonlar qönğiroğini çalib, aholini bezovta qildi
  • 0
  • 28.10.2026 10:49:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda nomaʼlum yigitlar tunda köp qavatli uylarning kiriş qismida yurib, xonadonlar qönğiroğini çalib, eşik tutqiçlarini tortayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar boşqarmasi izoh berdi.

Qayd etilişiça, hodisa 26-oktabr kuni soat 00:30 atrofida Yunusobod tumanining 10-mavzesidagi köp qavatli uylardan birida sodir bölgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar maʼlumotiga köra, 16 yoşli uç nafar ösmir şu binoda yaşovçi tanişini qidirib, adaşib boşqa binoga kirgan. Ular bir neça bor xonadonlardan birining qönğiroğini çalib, aholini bezovta qilgan.

Ösmirlar notöğri manzilga kelganini anglagaç, u yerdan ketgan. Şuningdek, ulardan xavfli buyumlar topilmagan. Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News