
- 0
- 28.10.2026 11:24:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonda firibgarlar Telegram orqali özbek alifbosining yangi harflari kiritilgan klaviatura ilovasi niqobi ostida zararli dasturlar tarqatmoqda.
Maʼlumotlarga köra, hujumçilar foydalanuvçilarga şaxsiy xabarlar orqali ilovani örnatiş fayllarini yuborib, ularni smartfonlariga yuklab olişga undamoqda. Aslida esa bu fayllar parollarni öğirlaş, xabarlarni öqiş va moliyaviy maʼlumotlarga kiriş imkonini beruvçi zararli dasturlarni öz içiga oladi. Foydalanuvçilarga nomaʼlum manbalardan ilovalarni yuklab olmaslik va şubhali havolalarga kirmaslik tavsiya etildi.
Eslatib ötamiz, 21-oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev özbek alifbosini lotin yozuviga özgartiriş töğrisidagi qonunni imzolagan edi. Yangi alifboda O‘ va G‘ örniga Ö ö va Ğ ğ, Sh va Ch birikmalari örniga esa Ş ş va Ç ç harflaridan foydalaniş belgilangan. Yangi yozuvga ötiş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.