“Oskar-2026” g‘oliblari e’lon qilindi

“Oskar-2026” g‘oliblari e’lon qilindi
  • 5
  • 16.03.2026 13:40:00
  • 2 daq o'qish

Los Anjelesdagi Dolby teatrida kino olamining eng nufuzli mukofoti — “Oskar”ning navbatdagi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilning asosiy g‘olibi — Pol Tomas Anderson rejissyorlik qilgan “Jang ortidan jang” filmi bo‘ldi. Kartina bir nechta muhim yo‘nalishlarda, jumladan “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Gunohkorlar” filmi ham bir nechta mukofot bilan marosimning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bo‘ldi.

“Oskar-2026” g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati:

• Eng yaxshi film — “Jang ortidan jang”
• Eng yaxshi xorijiy badiiy film — “Sentimental qadriyat”
• Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film — “K-Pop iblis ovchilari”
• Eng yaxshi hujjatli film — “Janob Hech kim Putinga qarshi”
• Eng yaxshi badiiy qisqa metrajli film — “Qo‘shiqchilar”
• Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Marvarid ko‘z yoshli qiz”
• Eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film — “Barcha bo‘sh xonalar”
• Eng yaxshi rejissyor — Pol Tomas Anderson (“Jang ortidan jang”)
• Eng yaxshi aktrisa — Jessi Bakli (“Xamnet”)
• Eng yaxshi aktyor — Maykl B. Jordan (“Gunohkorlar”)
• Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa — Emi Medigan (“Qurol”)
• Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor — Shon Penn (“Jang ortidan jang”)
• Eng yaxshi original ssenariy — “Gunohkorlar”
• Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy — “Jang ortidan jang”
• Eng yaxshi kasting — “Jang ortidan jang”
• Eng yaxshi musiqa —“F1”
• Eng yaxshi original saundtrek — “Gunohkorlar”
• Eng yaxshi qo‘shiq — “K-Pop iblis ovchilari”
• Eng yaxshi montaj — “Jang ortidan jang”
• Eng yaxshi operatorlik ishi — “Gunohkorlar”
• Eng yaxshi vizual effektlar — “Avatar: Alanga va kul”
• Eng yaxshi  kostyum dizayni — “Frankenshteyn”
• Eng yaxshi grim va soch turmagi — “Frankenshteyn”
• Sahnalashtiruvchi rassomning eng yaxshi asari — “Frankenshteyn”

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News