Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab neft narxi keskin oshdi

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab neft narxi keskin oshdi
  • 1
  • 09.03.2026 10:17:00
  • 1 daq o'qish

Yaqin Sharqdagi keskin geosiyosiy vaziyat tufayli neft narxining oxirgi 40 yil ichidagi eng katta kunlik o’sishi qayd etildi va narx 120 dollarga yaqinlashdi.
9-mart kuni ICE London birjasida Brent neftining may oyi fyucherslari ochilishida 28,92 foizga oshib, barreli 119,5 dollarni tashkil etdi. Keyinchalik o‘sish sur’ati sekinlashib, 116 dollar atrofida barqarorlashdi.

Neft narxining keskin ko‘tarilishiga AQSH va Isroilning 28-fevraldagi Eronga qarshi harbiy operatsiyasi, Eronning javoban raketa va dron zarbalari hamda Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi sabab bo‘ldi. Hormuz bo‘g‘ozi orqali jahonda ishlab chiqarilayotgan neftning taxminan 20 foizi tashiladi. Tahlilchilarga ko‘ra, agar keskinlik davom etsa, neft narxi hatto bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News