
- 2
- 16.03.2026 18:59:00
- 1 daq o'qish
Jizzax viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakili tanishi bilan til biriktirib, texnika ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi MChJ vakilining ishonchiga kirgan. Ular Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga 20 dona interaktiv doskani qimmat narxda sotishga yordam berishni va’da qilib, evaziga 85 mln so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avval 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Keyin esa mablag‘ning bir qismini olgan departament xodimi maktab direktori bilan birga ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, departament xodimi hamda maktab direktoriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.