
- 0
- 14.03.2026 20:48:00
- 1 daq o'qish
Surxondaryo viloyatida 27 yoshli erkak Telegram’da soxta profil ochib, Cobalt avtomobili sotilishi haqida e’lonlar joylashtirgan. U mashinani bozor narxidan arzon ko‘rsatib, xaridorlardan yangi shina qo‘yish bahonasida oldindan bank plastik kartalariga pul o‘tkazib olgan va keyin yozishmalarni o‘chirib yuborgan.
Tergovda gumonlanuvchi jami 15 nafar fuqaroning ishonchiga kirib pul olgani aniqlangan. Oltinsoy tumanidagi 3 fuqaroga 8 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.