Netanyaxu davlatlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishga chaqirdi

Netanyaxu davlatlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishga chaqirdi
  • 0
  • 23.03.2026 11:31:00
  • 1 daq o'qish

Binyamin Netanyaxu dunyo mamlakatlari rahbarlarini Isroil va AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilishga chaqirdi. U bu bayonotni Arad shahrida Eron raketasi tushgan hududga tashrifi chog‘ida bildirdi.

Netanyaxu Eronni fuqarolik obyektlariga zarba berishda, uzoq masofali raketalarni uchirishda va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solishda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Eronga qarshi keng xalqaro koalitsiya “global xavfsizlik uchun zarur”.

Eronning so‘nggi javob zarbalarda Isroilning Dimona va Arad shaharlarida 200 dan ortiq kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News