
- 0
- 12.03.2026 16:15:00
- 1 daq o'qish
Olmaotada 25 yoshli Asel Serbayeva 10-mart kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Qizning sog‘lig‘ida muammolar borligi sabab onasi uning uzoq vaqt aloqaga chiqmayotganidan xavotirlanib, politsiyaga murojaat qilgan.
Hovlini ko‘zdan kechirayotgan politsiya xodimi ko‘cha hojatxonasi yonidan o‘tayotib, ichkaridan yordam so‘ragan zaif ovozni eshitgan. Ma’lum bo‘lishicha, qiz ehtiyotsizlik sabab hojatxona chuquriga tushib ketgan va ichkaridagi zaharli bug‘lar sabab holsizlanib, ba’zan hushini yo‘qotayotgan bo‘lgan.
Qiz chuqurdan chiqarilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.