
- 2
- 21.02.2025 09:19:00
- 1 daq o'qish
17-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Mish’al as-Saboh taklifiga binoan ushbu mamlakatga bordi. O‘zbekiston prezidenti va Kuvayt amiri oliy darajada muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston — Kuvayt o‘rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi. Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:
• Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
• Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Sanʼat va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
• Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
• Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Prezident tashrif davomida Al-Kuvaytda “As-Salom” saroy-muzeyi bilan ham tanishdi.