
- 0
- 27.11.2026 15:53:00
- 1 daq o'qish
Isroilning noyabr oyi boşidan beri Ğazoga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 16 nafar maktab öquvçisi halok böldi. Bu haqda Ğazo ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Halok bölganlar orasida Ğazo şahridagi havo hujumida vafot etgan 15 va 13 yoşli opa-singillar ham bor. Ularning ota-onasi ham hujum oqibatida halok bölgan. Şuningdek, 6-noyabr kuni Xon Yunisda 15 yoşli öquvçi Isroil kuçlari tomonidan öqqa tutilib, keyinçalik şifoxonada vafot etgan.
UNICEF ma’lumotlariga köra, uruş davomida Ğazodagi maktab binolarining 98 foizi zarar körgan. Ularning qariyb 81 foizi bevosita hujumlar oqibatida şikastlangan. Uruş sabab minglab bolalar halok bölgan, ön minglab öquvçilar esa muntazam ta’lim oliş imkoniyatidan mahrum bölgan.