
- 1
- 27.11.2026 14:12:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonda atmosfera havosi sifati yomonlaşgan davrlarda transport vositalari harakatini vaqtinça çeklaş taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, dastlab oğir yuk maşinalari harakati çeklanişi yoki ular şaharni aylanib ötuvçi yönalişlarga yuborilişi mumkin. Zarurat tuğilganda avtomobillarning davlat raqamiga qarab toq va juft kunlarda harakatlaniş tartibi ham joriy etiladi. Bu çeklov elektromobillar va maxsus transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Şuningdek, havo sifati yomonlaşganda ayrim köçalar yopilişi, quriliş işlari vaqtinça çeklanişi va energetika korxonalarida mazutdan foydalaniş taqiqlanişi mumkin.
Bundan taşqari, favvoralarni uzluksiz işlatiş, köçalarni suğoriş, ommaviy tadbirlarni çeklaş va ayrim taşkilotlarni masofaviy iş tartibiga ötkaziş ham közda tutilgan. Qaror loyihasi 12-dekabrgaça jamoatçilik muhokamasida böladi. Hozirça bu takliflar loyiha bosqiçida, ya’ni çeklovlar hali kuçga kirmagan.
#casia #news #Uzbekistan