
- 5
- 27.11.2026 11:26:00
- 1 daq o'qish
Andijon tumanida qotillik alomatlari bilan 54 yoşli ayolning jasadi topildi. Uning qöl-oyoqlari boğlangan bölgan. Hozirça jinoyatga aloqador gumonlanuvçi aniqlanmagan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning maʼlum qilişiça, hodisa 24-noyabr kuni Andijon tumanidagi xonadonlardan birida sodir bölgan. 1972-yilda tuğilgan ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan aniqlangan.
Voqea joyi közdan keçirilib, aşyoviy dalillar olingan. Ayolning ölimi sababini aniqlaş maqsadida tegişli ekspertizalar tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi (qasddan odam öldiriş) hamda 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda jinoyatni foş etiş yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: @daryo