Meksikada eng yirik narkobaron oʻldirildi

Meksikada eng yirik narkobaron oʻldirildi
  • 0
  • 23.02.2026 09:43:00
  • 1 daq o'qish

Meksikada uzoq qidiruvda boʻlgan “Xalisko yangi avlod” narkokarteli rahbari Nemesio Osegera Servantes (laqabi “El Mencho”) harbiy operatsiya chog‘ida yoʻq qilindi. Shuningdek, kartelning to‘rt a’zosi halok boʻldi, ikki nafari og‘ir yaralandi. Harbiylardan uch nafari jarohat oldi. 
El Mencho” 59 yashar sobiq politsiyachi boʻlib, AQSHda yirik kokain, metamfetamin va fentanil kontrabandasi sabab 15 million dollar mukofot bilan qidirilgan. Rahbarning yoʻq qilinishi mamlakatning sakkizta shtatida tartibsizliklarga olib keldi: avtomobillarga oʻt qo‘yildi, yo‘llar to‘sildi va xavfsizlik kuchlariga hujum qilindi. Xalisko shtatida favqulodda holat joriy etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News