Marg‘ilondagi maktabda erkak ona-bolani do‘pposladi

Marg‘ilondagi maktabda erkak ona-bolani do‘pposladi
  • 0
  • 05.03.2026 15:13:00
  • 1 daq o'qish

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi 25-maktabda 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-mart kuni ayol va erkakning o‘g‘illari maktabda tortishib qolganligi sababli erkak 5-sinf o‘quvchisini do‘pposlab, urgan. Bolaning onasi uni ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq erkak bezorilik harakatlarini davom ettirib, ayolga ham tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News