Toshkentda pichoq bilan qo‘shnilarni bezovta qilgan erkak qamaldi

Toshkentda pichoq bilan qo‘shnilarni bezovta qilgan erkak qamaldi
  • 0
  • 06.01.2026 09:11:00
  • 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘p qavatli uy yo‘lagida pichoq bilan yurgan erkak videosi tarqalib, xavotirga sabab bo‘ldi.  
Ma’lum qilinishicha, 5-yanvar kuni soat 01:35 atrofida 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro mast holatda Yashnobod tumanidagi uylardan birida qo‘shnisining eshigini taqillatib, jamoat tartibini buzgan. U jamoat joyida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor chora ko‘rilib, fuqaro ushlangan. Unga nisbatan tegishli moddalar bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Videoda uning yonida bo‘lgan boshqa shaxs haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News