
- 0
- 16.03.2026 09:52:00
- 1 daq o'qish
Reyunon orolida (Fransiya) dunyodagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lgan Piton de la Furnez vulqoni faollashdi. 13-mart kuni vulqondan otilgan lava avtomagistralgacha yetib kelib, yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.
Bu holat 2007-yildan beri birinchi marta kuzatilmoqda. Hozir lava oqimi Hind okeani tomon siljishda davom etmoqda. Xavfsizlik xizmatlari hududni yopib, vulqon atrofiga kirishni cheklagan.