
- 0
- 07.03.2026 15:55:00
- 1 daq o'qish
25-fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Nukus ko‘chasida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov boshqaruvidagi BMW avtomobili YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgan edi. Og‘ir tan jarohatlari olgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarov keyinchalik shifoxonada vafot etdi. Ushbu fojiaviy YTHning videosi tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Doniyor Turg‘unov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Prezident farmoniga ko‘ra, marhum Hosilbek Eshnazarov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Uning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira berildi.