🎣 Nigeriyadagi baliq tutish festivali

🎣 Nigeriyadagi baliq tutish festivali
  • 1
  • 17.02.2026 09:36:00
  • 1 daq o'qish

Nigeriyada olti yillik tanaffusdan so‘ng UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan Argungu baliqchilik festivali yana o‘tkazildi. 39 daraja issiqda minglab ishtirokchilar Matan Fada daryosida faqat qo‘l va to‘r yordamida eng katta baliqni tutish uchun bellashdi. Qadimiy an’analar, shovqinli tomosha va madaniy chiqishlar festivalga yana o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Musobaqaning eng yorqin lahzasi mahalliy baliqchi Abubakar Usmonga tegishli bo‘ldi. U 59 kilogrammli ulkan baliqni tutib, festival g‘olibiga aylandi. Ushbu natija unga ikki dona yengil avtomobil va 1 million naira pul mukofoti keltirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News