Toshkentda halok bo‘lgan YPX inspektorining oilasi davlat muhofazasiga olinadi

Toshkentda halok bo‘lgan YPX inspektorining oilasi davlat muhofazasiga olinadi
  • 0
  • 28.02.2026 11:37:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahar IIBB Yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning vafoti yuzasidan rasmiy bayonot berilib, uning oilasi davlat muhofazasiga olinishi ma’lum qilindi. 
33 yoshli Eshnazarov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Faoliyati davomida 1392 ta huquqbuzarlikni aniqlagan, shundan 324 tasi qo‘pol qoidabuzarlik bo‘lgan. U oilali bo‘lib, uch nafar farzandning otasi edi.

Shuningdek, YPX inspektorini urib ketgan voyaga yetmagan shaxs mashinani olib qochgani ham ma’lum qilindi. U 25-fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli avtomobil yuvish shoxobchasida qolgan BMW avtomobilini kaliti bilan turgan holatda haydab ketgan. 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News