Qozog‘istonda portlash: 7 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda portlash: 7 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 27.02.2026 15:14:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida 27-fevralga o‘tar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Portlash besh qavatli turar joy binosiga tutash bir qavatli osh markazida yuz bergan. Hodisa natijasida 7 kishi halok bo‘ldi, ulardan biri 16 yoshli qiz, jami 26 kishi turli darajada jarohatlandi.
Oqmo‘la viloyati hokimligi hodisa sabablarini aniqlash va qurbonlar hamda jabrlanganlar oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni ta’minlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News