
- 0
- 13.03.2026 11:04:00
- 1 daq o'qish
Bokuda politsiya tomonidan qo‘lga olingan qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev 12-mart kuni ozodlikka chiqarildi.
U Bokudagi BI-ES VIP klinikasida odamlarni o‘z uslubi — bioenergiya orqali davolash bo‘yicha qabul o‘tkazgan. Qabulga kelganlar soni ko‘payib, katta navbatlar yuzaga kelganidan so‘ng u 11-mart kuni politsiya tomonidan ushlangan edi.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, unga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilgan va Ozarbayjondan chiqarib yuborilgan.