
- 0
- 04.02.2026 09:22:00
- 1 daq o'qish
Nepalning Rautahat tumanida masjidga qilingan hujum chog‘ida bir oyog‘i yo‘q nogiron musulmon masjid eshigi oldida turib, hujumchilarning ichkariga kirishiga to‘sqinlik qildi. U qo‘lidagi tayoq bilan yolg‘iz holda olomonga qarshi chiqdi.
Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, hujum hududda o‘tkazilgan yurish yoki ommaviy tadbir vaqtida sodir bo‘lgan. Qisqa muddatli tartibsizliklar yuzaga kelib, masjidga zarar yetkazilgan. Nogiron fuqaroning jasorati ijtimoiy tarmoqlarda keng e’tirof etildi.