
- 0
- 18.02.2026 14:56:00
- 1 daq o'qish
AQSHda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, havoga ko‘tarilgan holda turar joy binosiga urilgan. Hodisa lahzalari yaqin atrofdagi uyga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga yozib olingan. Hodisa oqibatida uy ichidagilarga jiddiy zarar yetmagan. Voqea yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilgan.