
- 0
- 14.07.2025 14:06:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqda fuqaro avtomobil kapotiga suv to‘ldirib, ichiga baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat Ekologiya va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan o‘rganilib, erkak Ma’muriy javobgarlik kodeksining 111-moddasi 1-qismi bo‘yicha 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortildi.
Qonunchilikka ko‘ra, tabiatdagi tirik jonzotlarga nisbatan nojo‘ya, o‘rinli bo‘lmagan va shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangan va bunday harakatlar uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.