
- 0
- 21.07.2025 13:08:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreyada 5 kundan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida hozirgacha 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Eng ko‘p zarar Sanchon, Gapyong va Gyeongnam provinsiyalarida qayd etilgan. 7500 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi, ayrim hududlarda elektr va aloqa tizimi ishlamayapti.
Qutqaruvchilar yo‘qolganlarni izlashni davom ettirmoqda.