
- 0
- 19.02.2026 10:04:00
- 1 daq o'qish
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 16 yoshli o‘quvchi profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qildi. Voqea 18-fevral kuni o‘smirning yashash xonadonida sodir bo‘lgan. 9-sinf o‘quvchisi profilaktika inspektori bilan yuzaga kelgan janjal chog‘ida unga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Inspektor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Mazkur modda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.