
- 0
- 23.02.2026 09:38:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Pensilvaniya shtatida 11 yoshli bola videoo‘yin qurilmasi olib qo‘yilgani sabab otasini otib o‘ldirdi. Uxlash vaqti bo‘lgani uchun ota o‘g‘lining videoo‘yin qurilmasini olib qo‘ygan. Bundan jahli chiqqan bola tunda hamma uxlayotganda qurilmani qidirgan va uyda saqlanayotgan qurol seyfi kalitini topib, seyfdan revolver olgan. Shundan so‘ng qurolni o‘qlab, uxlab yotgan 42 yoshli otasiga qarata o‘q uzgan.
Shtat qonunchiligiga ko‘ra, bolaga yoshiga qaramay, voyaga yetgan shaxs sifatida qotillik ayblovi qo‘yildi. U sud zaliga qo‘llari kishanlangan holda olib kelindi.