O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi qayta tiklanadi

O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi qayta tiklanadi
  • 7
  • 24.03.2026 09:12:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda aholining ekologik madaniyatini oshirish maqsadida “10 ming qadam piyoda” tashabbusini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu masala Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan ekologiya sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimotida muhokama qilindi.

“Ekomadaniyat” loyihasi doirasida ekologik ta’lim va targ‘ibotni kuchaytirish, yangi tizim yaratish ko‘zda tutilgan. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 14 ta hududda “yashil texnikumlar” tashkil etilib, ular “Green University” tizimiga biriktiriladi.

Shuningdek, atrof-muhit, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi. 2028–2029 yillarga borib bu yo‘nalishlarda tahsil olayotganlar soni 10 ming nafarga yetkaziladi.

Bundan tashqari, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-iyundan “Sog‘lom turmush tarzi” loyihasi doirasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m to‘lanar edi. Qadamlar mobil ilova orqali hisoblangan. Ushbu loyiha 2022-yil 6-aprelda bekor qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News