Rossiyalik reper Navai Qozog’istonda ikki oyga hibsga olindi

Rossiyalik reper Navai Qozog’istonda ikki oyga hibsga olindi
  • 4
  • 16.10.2026 17:29:00
  • 1 мин оқу

Rossiyalik reper Navai taxallusi bilan tanilgan Navai Bakirov Qozog‘istonda ikki oy muddatga hibsga olindi. Bu haqda Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lum qildi.

San’atkorga nisbatan kontrabanda va giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov qilinmoqda.

Bakirov 13-oktyabr kuni Qozog‘istonga kirib kelayotganda, “Korday” chegara punktida qo‘lga olingan. Politsiya va chegara xizmati xodimlari avtomobilni tekshirish vaqtida giyohvandlik vositasini aniqlab, musodara qilgan. 

Reperning qo‘lga olinishi ortidan 14-oktyabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilingan. Tashkilotchilar bunga texnik sabablarni ko‘rsatgan.

Navai avval HammAli & Navai duetidagi ishtiroki orqali tanilgan, keyinchalik yakkaxon ijodini boshlagan. Shuningdek, u qozog‘istonlik xonanda Jah Khalib bilan hamkorlikdagi qo‘shiqlari bilan ham mashhur.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News