
- 5
- 09.11.2026 12:26:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan VI “Qo‘rqut Ota” Turk dunyosi kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Aktyor ushbu e’tirofga rejissyor Sarvar Karimovning “Farz” filmidagi ijrosi uchun sazovor bo‘ldi. Filmda u o‘zining umr bo‘yi yig‘gan Hajj mablag‘ini vafot etgan do‘stining boshpanasiz qolgan oilasiga yordam berish uchun sarflagan, so‘ngra nohaq tuhmat va ayblovlarga duch kelgan halol mehnatkash — Sobir aka obrazini yuksak mahorat bilan jonlantirgan.
Shuningdek, aktyor “Bahodir Yalangtosh”, “Sotqin”, “Abdulla Avloniy”, “O Maryam, Maryam”. “Mening akam bo‘ydoq” singari bir qator filmlardagi rollari bilan mashhurdir.