
- 2
- 09.11.2026 11:31:00
- 1 мин оқу
Disney qadimgi yunon mifologiyasining mashhur qahramoni Meduza haqida badiiy film suratga olishni rejalashtirmoqda.
Deadline nashrining xabar berishicha, loyiha Dueyn «Rok» Jonsonning Seven Bucks Productions kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Afsonalarga ko‘ra, Meduzaning ko‘zlariga qaragan inson toshga aylanadi. Hozircha filmning aktyorlar tarkibi, rejissyori va premyera sanasi haqida ma’lumot berilmagan.