“Muzyurak 4” multfilmining premyerasi kechiktirildi!

“Muzyurak 4” multfilmining premyerasi kechiktirildi!
  • 11
  • 03.11.2026 13:11:00
  • 1 мин оқу

Disney Animation rahbari Jared Bush Collider nashriga bergan intervyusida “Muzyurak 4” multfilmi rejalashtirilganidan kechroq namoyish etilishini ma’lum qildi.

 

Dastlab “Muzyurak 3” va “Muzyurak 4” qismlarini ketma-ket yillarda chiqarish rejalashtirilgan edi. Biroq ijodkorlar uchinchi qismni imkon qadar mukammal yaratish va tomoshabinlarga to‘laqonli hikoya taqdim etish maqsadida rejani o‘zgartirgan.

 

Ma’lumot uchun, “Muzyurak” — 2013-yilda Disney tomonidan yaratilgan musiqiy-fentezi janridagi 3D animatsion film. Multfilm daniyalik yozuvchi Hans Kristian Andersenning “Qor malikasi” ertagi asosida ishlangan bo‘lib, Disney studiyasining 53-to‘liq metrajli animatsion filmi hisoblanadi.

 

“Muzyurak 3” premyerasi 2027-yil 24-noyabrga rejalashtirilgan. To‘rtinchi qismning chiqish sanasi esa hozircha noma’lum.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News