
- 4
- 17.10.2026 12:29:00
- 1 мин оқу
Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot bilan taqdirlanadi.
Variety nashrining xabar berishicha, 36-Gotem taqdirlash marosimida film rejissyori Antuan Fukua, aktyorlar Jafar Jekson, Kolman Domingo va Niya Long hamda prodyuser Grem Kingga Gotham Musical Tribute mukofoti topshiriladi.
Jahon prokatida 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan “Maykl” kino tarixidagi eng kassabop biografik filmga aylandi.
Kartinada Maykl Jeksonning The Jackson Five guruhidagi ilk faoliyatidan tortib, jahon musiqasi afsonasiga aylanishigacha bo‘lgan ijodiy yo‘li, sahnadagi muvaffaqiyatlari va shaxsiy hayoti aks ettirilgan.
Taqdirlash marosimi 30-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Cipriani Wall Street majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda katta tijoriy muvaffaqiyat qozongan filmning davomi ustida ham ish olib borilmoqda.