
- 10
- 06.11.2026 10:48:00
- 1 мин оқу
2027-yilgi Met Gala tadbirining yangi mavzusi e’lon qilindi. Bu safar dunyo yulduzlari kundalik kiyimlarni yuqori moda namunalariga aylantirishadi.
Nyu-Yorkdagi Metropolitan san’at muzeyi 2027-yilgi Met Gala uchun “EentisssxtraORDINARY: Fashion and the Poetics of the Everyday” (“G‘ayrioddiylik: moda va kundalik hayot poetikasi”) mavzusini tanladi.
Yangi konsepsiyaga ko‘ra, mashhurlar futbolka, jinsi shim va svitshot kabi oddiy kiyimlarni noodatiy, hashamatli va ijodiy uslubda namoyish etishlari kutilmoqda.
Avvalroq tadbir taniqli dizayner Jon Galyano ijodiga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq uning o‘tmishda bildirgan antisemitik fikrlari atrofidagi noroziliklar sabab dizayner loyihadan voz kechgan. Shundan so‘ng tadbirning yangi mavzusi qanday bo‘lishi noma’lumligicha qolayotgandi.
Ko‘rgazma kuratori Endryu Boltonning ta’kidlashicha, yangi konsepsiya avvalgi loyihaning shunchaki o‘rnini bosmasligi, balki zamonaviy modaga yangicha qarashni namoyon etishi kerak.
Met Gala 2027-yil 3-may kuni bo‘lib o‘tadi. Yangi mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazma esa 9-maydan 2028-yil 9-yanvargacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.