
- 8
- 04.11.2026 11:57:00
- 1 мин оқу
Billboard nashrining xabar berishicha, BLACKPINK guruhi a’zosi Jisu “Jahldor qushchalar 3” animatsion filmi uchun “Sun Showers” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etishga tayyorlanmoqda.
K-pop yulduzi qo‘shiqni yozish jarayonida ham hammuallif sifatida ishtirok etgan.
Qo‘shiq muqovasida esa Jisu maktab yillarida o‘zi chizgan “Shumon” ismli kichik chang sharchasi qahramoni tasvirlanadi.
Ma’lumot uchun, “Jahldor qushchalar” mashhur “Angry Birds” videoo‘yini asosida yaratilgan animatsion komediya hisoblanadi. Multfilmning birinchi qismi 2016-yilda, ikkinchi qismi esa 2019-yilda namoyish etilgan. Unda Red, Chak va Bomba ismli qushlarning sarguzashtlari hikoya qilinadi.
🎤 Siz Jisuning yangi qo‘shig‘ini kutyapsizmi?