Saida Mirziyoyeva met with the director of the Bureau of international cooperation of the Ministry of internal affairs of the UAE

Saida Mirziyoyeva met with the director of the Bureau of international cooperation of the Ministry of internal affairs of the UAE
  • 3
  • 06.05.2023 09:03:00
  • 1 min read

Saida Mirziyoyeva BAA Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori Dana Humaid bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat mavzusi ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish haqida bo‘lgan. O‘zbekistonda yaqinda ushbu toifadagi fuqarolarga nisbatan jinoyat uchun javobgarlik kuchaytirildi.

“BAA ham bu borada boy tajribaga ega. Humaid xonim jamoatchilik, davlat idoralari va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik va tushuntirish ishlari qanday olib borilayotgani haqida so‘zlab berdi”, — deb yozadi u.Uchrashuvda bolalarni internetdagi buzg‘unchi kontentdan himoya qilish choralari ham muhokama qilingan.3-may kuni Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Muzeylar orolida eksponatlar bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News