Eronda o‘zini zo‘ravonlikdan himoya qilgan ayol qatl etildi

Eronda o‘zini zo‘ravonlikdan himoya qilgan ayol qatl etildi
  • 2
  • 13.08.2026 18:53:00
  • 1 daq o'qish

Eronda 24 yoshli Marziya Nayeri 8-avgust kuni Qazvin markaziy qamoqxonasida qatl etildi. U besh yil avval erini o‘ldirganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Inson huquqlari faollariga ko‘ra, Marziya 17 yoshida majburan turmushga berilgan. 18 yoshida esa eri va uning hamkoridan jinsiy zo‘ravonlikka uchrash xavfi ostida qolgan. U o‘zini himoya qilish uchun oshxona pichog‘idan foydalangan va voqea oqibatida eri halok bo‘lgan. Marziya sudda bu harakatni o‘z hayoti va sha’nini himoya qilish uchun qilganini aytgan. Biroq sud uning harakatlarini zaruriy mudofaa deb topmagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Marziya 2026-yil boshidan beri Eronda qatl etilgan 20-ayol bo‘lgan. Faollarning ta’kidlashicha, 2007-yildan beri mamlakatda kamida 348 nafar ayol qatl etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News