
- 1
- 22.10.2026 10:21:00
- 1 daq o'qish
Ozarbayjon Turkiyaning 31 nafar fuqarosini “nomaqbul shaxs” deb e’lon qildi. Ularning aksariyati jurnalist, bloger va jamoat arboblaridir.
“Report.az” xabariga ko‘ra, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi qaror ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalarida bildirilgan bayonotlar sabab qabul qilinganini ma’lum qilgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, ushbu bayonotlarda Ozarbayjon suvereniteti va milliy xavfsizligiga qarshi chaqiriqlar, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga undash, shuningdek, adovat va nafrat qo‘zg‘atish holatlari bo‘lgan.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga qarshi qaratilgan bunday harakatlarga kelgusida ham tegishli choralar ko‘rilishini bildirgan.