
- 2
- 22.11.2024 14:47:00
Abxaziya rahbari noroziliklar fonida iste’foga chiqdi
Avvalroq Abxaziyada norozilik namoyishlari avj olgani haqida xabar bergan edik. Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya namoyishchilar hukumat binolarini tark etishlari sharti bilan iste’foga chiqishga tayyorligini e’lon qildi. Agar bu talab 19-noyabr kuni bajarilmasa, u iste’foga chiqish haqidagi arizasini qaytarib olishini ta’kidladi. Abxaziya muxolifati agar Abxaziya rahbari Aslan Bjaniya iste’foga chiqishdan bosh torsa, muvaqqat hukumat tuzish niyati borligini ma’lum qildi.
Muxolifatga ko‘ra, Rossiya bilan investitsiya shartnomasi Abxaziyaga “manfaatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirish” hisoblanadi. Bu hujjat mintaqada ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. Gurjistonning bo‘lginchi Abxaziya mintaqasi prezidenti ma’muriyati ommaviy norozilik namoyishlari fonida Rossiya bilan investitsiya shartnomasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha bahsli qonun loyihasini qaytarib olishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.