Oʻzbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzdi

Oʻzbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzdi
  • 1
  • 08.10.2026 16:28:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News