Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olishga loyiqligini aytdi

Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olishga loyiqligini aytdi
  • 2
  • 08.10.2026 15:28:00
  • 1 daq o'qish

AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi. U bunga “sakkizta urushni tugatgani” va garovga olinganlarni ozod qilishga yordam berganini sabab qilib ko‘rsatdi.
Tramp Nobel mukofotini olishiga ishonchi komil emasligini ham bildirdi. Uning aytishicha, Kambodja, Isroil va Pokiston rahbarlari uni mukofotga nomzod qilib ko‘rsatgan.
Tramp 2025-yildan beri Nobel mukofotiga loyiq ekanini ta’kidlab kelmoqda. 2025-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibasi Mariya Korina Machado esa o‘z mukofotini Trampga topshirgan edi.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi 9-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News