
- 2
- 28.11.2026 11:29:00
- 1 min read
Toşkent viloyati soliq boşqarmasi xodimi 3,5 gektar er maydonini xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş va 34 ta davlat idorasidan quriliş uçun ruxsatnoma olib beriş evaziga 1 mln 50 ming dollar talab qilganlikda gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, 1988 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan xodim Nurafşon şahridagi xususiy korxonaga tegişli 3,5 gektar noturar er maydonida qurilişi tugallanmagan sexni xaridor nomiga ötkazişni va’da qilgan. Şuningdek, uşbu hududda quriliş işlarini boşlaş uçun zarur ruxsatnomalarni olib berişni bildirgan.
IIV ma’lum qilişiça, tezkor tadbir davomida u Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida xaridor bilan uçraşib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan. Holat yuzasidan soliq xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.