
- 1
- 28.11.2026 11:54:00
- 1 min read
28-noyabr kuni Qozoğistonning Ostona va Qarağanda şaharlarini qor böronlari va kuçli şamol qamrab oldi.
“Qazgidromet” ma’lumotlariga köra, 27-noyabr kuni mamlakatning barça 17 viloyati va uçta megapolisida böron haqida ogohlantiriş e’lon qilingan. Ayrim hududlarda şamol tezligi sekundiga 30 metrdan oşişi kutilmoqda.
Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda noqulay ob-havo aks etgan videolarni tarqatmoqda. Ayrim fuqarolar yöllardagi muzlama va kuçli şamol sabab ehtiyot bölişga çaqirsa, boşqalar yilning ilk qoridan zavqlanmoqda.