
- 1
- 28.11.2026 11:59:00
- 1 min read
Telegram iOS operatsion tizimining eski versiyalaridan foydalanayotgan iPhone egalari ommaviy xakerlik hujumi xavfi ostida ekanini maʼlum qildi. Ayrim holatlarda qurilmaga buzib kiriş uçun zararli saytni oçişning özi kifoya qilişi mumkin. Bu haqda Telegram asosçisi Pavel Durov X ijtimoiy tarmoğida yozgan.
Uning taʼkidlaşiça, iOSʼning hatto biroz eskirgan versiyasidan foydalaniş ham şaxsiy maʼlumotlar xavfsizligiga tahdid solişi mumkin. Telegram foydalanuvçilarga yuborgan ogohlantirişida eski operatsion tizimlarda xavfsizlik zaifliklari mavjudligi, ular orqali şaxsiy maʼlumotlar va akkauntlarga zarar yetkazilişi mumkinligini bildirgan. Şu sababli messenjer iPhone egalariga iOSʼning eng sönggi versiyasini örnatişni tavsiya qilgan.
Maʼlumot uçun, avvalroq Apple ham veb-kontentni qayta işlaş bilan boğliq xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etiş uçun bir neça bor yangilanişlar çiqargan. Jumladan, 2025-yil mart oyida taqdim etilgan iOS 18.3.2 yangilanişi WebKit brauzer mexanizmidagi xavfsizlik muammosini tuzatgan.