
- 3
- 11.11.2026 12:00:00
- 1 мин оқу
Ilon Mask Tesla kompaniyasi 2027-yil o‘rtalariga borib Cybertruck elektromobilini ishlab chiqarishni to‘xtatish rejasini e’lon qildi.
Bu haqda tadbirkor 6-noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Texasdagi zavodda Cybertruck ishlab chiqarish bosqichma-bosqich yakunlanadi.
📉 Bunga nima sabab bo‘ldi?
Cybertruck savdosi kutilgan natijani bermadi. 2024-yilda AQSHda qariyb 39 mingta pikap sotilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 20 237 tagacha kamaygan. Vaholanki, Ilon Mask yiliga 250 mingta Cybertruck sotishni rejalashtirgan edi.
🚕 Tesla endi ishlab chiqarish quvvatlarini haydovchisiz harakatlanishga mo‘ljallangan Cybercab robotaksilarini ko‘paytirishga yo‘naltirmoqchi.
🇰🇿 Qizig‘i, Cybertruck Qozog‘istonda ham xizmat qilmoqda. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ixtiyorida kamida bitta shunday elektromobil mavjud bo‘lib, u Olmaotada favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishlatilgan.
💬 Sizningcha, Cybertruck o‘z davridan ilgarilab ketgan avtomobilmi yoki muvaffaqiyatsiz loyiha?