Maskning yangi ixtirosi: Blindsight ko‘rish imkonini beradimi

Maskning yangi ixtirosi: Blindsight ko‘rish imkonini beradimi
  • 9
  • 31.10.2026 15:28:00
  • 1 мин оқу

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan yoki tug‘ma ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan Blindsight qurilmasi texnik jihatdan tayyor ekanini ma’lum qildi.
Qurilma maxsus kamera orqali olingan tasvirlarni miyaning ko‘rish uchun mas’ul qismiga uzatishga mo‘ljallangan. Bu texnologiya shikastlangan ko‘zlar va ko‘ruv nervlarini chetlab o‘tib, insonda sun’iy ko‘rish imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan.
Ilon Maskning 30-oktyabrdagi bayonotiga ko‘ra, endilikda qurilmani insonlarda sinovdan o‘tkazish uchun tegishli idoralarning ruxsati kutilmoqda.
Blindsight 2024-yilda AQSH FDA idorasining istiqbolli tibbiy qurilma maqomini olgan. Biroq uning insonlarda xavfsizligi va samaradorligi hali tasdiqlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News